Samsung 450 megapikselli kamera ustida ishlamoqda

Samsung 450 megapikselli kamera ustida ishlamoqda

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o'tgan yili smartfonlar uchun o'zining 200MP o'lchamli kamera sensorini chiqargan edi. Garchi u bilan hali shu kungacha bironta smartfon ishlab chiqarilmagan bo'lsa ham, kompaniyaning to'xtash niyati yo'q. So'nggi xabarlarga ko'ra, Samsung endilikda 450 megapikselli kamera ustida ishlamoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Samsung fotografik qurilmalar uchun "Hexa²pixel" tasvir sensorini savdo belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazgan. Afsuski, savdo belgisi ro'yxatdan o'tkazilishida sensor o'lchami aniq aytilmagan. Biroq, taxminlarga ko'ra, ushbu sensor 450MP rezolyutsiyada bo'ladi va bu hozirgi 200MP kamera o'lchamidan ikki barobar ko'p.

Aytish kerakki, bunday katta hajmdagi kamera sensori yaqin orada chiqmasligi mumkin va u chiqarilgan taqdirda ham smartfonlarda qo'llanishi uchun 200MP sensor kabi ancha vaqt kerak bo'ladi. 

O'QING: Galaxy S22 yangi rangda taqdim qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!