Samsung 5 ta yangi Galaxy Book 3 noutbuklarini chiqarmoqchi

Samsung 5 ta yangi Galaxy Book 3 noutbuklarini chiqarmoqchi

Galaxy S23 smartfonlari bilan birgalikda 1 fevral kuni Samsung o‘zining yangi Galaxy Book 3 seriyasidagi noutbuklarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Yangi noutbuklar qatori 5 xil modelni o‘z ichiga oladi va ular orasida Galaxy Book 3 Ultra flagman model bo‘ladi. Aytish kerakki, bu bizning Samsung'ning Ultra noutbuki haqida birinchi marta eshitishimiz emas. Bundan avval Galaxy Book 3 Ultra posterlari ulashilgan edi. Bu safar esa bo‘lajak noutbukning texnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar tarqalib ketdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Galaxy Book 3 Ultra 16 dyuym va 2880×1800 piksel rezolyusiyasidagi AMOLED ekranga ega bo‘ladi. Kapot ostida noutbuk Intel Core i9 protsessori, 32GB operativ va 1TB PCIe NVMe Gen4 doimiy xotirasi, hamda, Nvidia 4070 grafik kartasi bilan jihozlangan. Ular soatiga 76 vatt sarflaydigan batareya bilan ishlaydi. Batareya esa 136 Vt tezlikda quvvatlanadi. Bularning barchasi bilan noutbuk og‘irligi 1.8 kg, qalinligi esa 17 mm bo‘ladi. Mish-mishlarga ko‘ra, noutbuk S Pen bilan ham kelishi mumkin, lekin bu xabar tasdiqlanmagan.

Shuningdek, qatordagi yana bir model, Galaxy Book 3 Pro ham ma’lumotlar ulashilgan: noutbuk 14 yoki 16 dyuymda, 16 GB RAM va 1TB NVMe SSD doimiy xotira bilan bog‘langan Core i5-1340P va i7-1360P protsessorlarida taklif qilinadi. Ultra'dan farqli o‘laroq, Pro model protsessorga integratsiyalashgan Iris Xe grafikasida ishlaydi. Shuningdek, Pro modelning 14 dyuymli variantlisi 63 vatt/soat, 16 dyuymli variantlisi esa 76 vatt/soat batareyaga ega bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy S23 Ultra "unboxing" qilindi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!