Samsung 5G-modemi – Exynos 5 ham tor doirada taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  712
  •  18.01.2018 17:53

Samsung 5G-modemi – Exynos 5 ham tor doirada taqdim etildi

Joriy yildagi CES 2018 ko‘rgazmasida ommaviy namoyish etilgan qurilmalar orasida turli-tumanlari bor. Ammo keng ommaga emas, balki tor doirada taqdim etilgan mahsulotlar yanada ko‘proq qiziqishlarga sabab bo‘layotir.

O‘QING: Samsung o‘zining Galaxy X buklama smartfonini «maxfiy yig‘ilish»da ko‘rsatdi

Inqilobiy buklama smartfonidan tashqari, Samsung kompaniyasi mazkur tadbirda yana bitta ishlanmasining prototipini tor doirada namoyish etgan. Bu – beshinchi avlod, ya’ni 5G uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi smartfonlarga mo‘ljallangan modemdir.

Exynos 5 deb nomlanuvchi ushbu 5G-modemni joriy yilda keng ommaga namoyish etishlari rejalashtirilgan. Ayni damda Samsung Exynos 5 texnologiyasi 5G’ning eski standartlaridan biri – Release 15 bilan muvofiqlikda ishlamoqda.

O‘QING: UZMOBILE allaqachon 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

Samsung’ning Exynos 5 modemi hozirgi kundagi eng tezkor – Snapdragon 845 hamda Exynos 9810 chiplaridagi LTE-modemlardan 5 baravar yuqori tezlikda ma’lumot almasha oladi. Tabiiyki, mazkur chip eski tarmoq texnologiyalari – 4G LTE, 3G va hatto 2G tarmoqlarida ham ishlay oladi.

Aftidan, Samsung mazkur 5G-modemlarini o‘zining 2019 yildagi Exynos chipsetlari bilan taqdim etmoqchi. U Qualcomm’ning Snapdragon chipsetlaridagi 5G-modemga «javob» tarzida bozorga chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

O‘QING: Qualcomm smartfonlar uchun dunyodagi ilk 5G-modemni taqdim etdi (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!