Samsung 5G smartfonlar uchun OLED panellarini optimallashtirishga qaror qildi

Samsung 5G smartfonlar uchun OLED panellarini optimallashtirishga qaror qildi

“Sehrli“ so‘z 5G mana necha oydirki texnik yangiliklar fonidan tushmay kelmoqda.

Yaqinda Samsung 5G tarmoqlari uchun optimallashtirilgan yangi “OLED“ displeylari ishlab chiqarishini e’lon qildi.

Ushbu yangi avlod displeyidagi asosiy o‘zgarish ko‘zga ziyon yetkazuvchi ko‘k nurning kamayishi hisoblanadi. Nima bo‘lganda ham, u SGS kompaniyasi tomonidan "Eye Care Display" (“Ko‘zni himoya qiluvchi displey“) nomi bilan sertifikatlangan bo‘lib, zararli ko‘k nur darajasini so‘nggi avlod displey texnologiyalariga nisbatan 1% ga kamaytirish imkonini beradi, shuningdek, energiya sarfi 15% kamayadi, bu esa batareyaning xizmat muddati oshishiga olib keladi.

Bu yerda, aslida, Samsung yangi “marketing o‘yin“ini qo‘llash orqali, 5G bozorini “zabt etish“ ning yangi usullarini o‘ylab topmoqda va mijozlar ko‘ziga qum sepmoqda. Buning yomon yoki yaxshiligini hal qilish esa o‘zingizga havola.

Ehtimol, tez orada “yangi“ turdagi ekranlar Note 20 singari kelajak Samsung qurilmalarida paydo bo‘lar.

O‘QING: Ajabo! Internet tezligining pastligi ham inson sog‘lig‘iga jiddiy va salbiy ta’sir qilar ekan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!