Samsung 6G qachondan boshlab joriy qilinishini aytdi

Samsung 6G qachondan boshlab joriy qilinishini aytdi

Telekommunikatsiya kompaniyalari kundalik turmushimizga 5G aloqasini keng tatbiq qilish ustida qattiq ishlamoqda. Ammo ba’zi kompaniyalar allaqachon kelajak aloqasi — 6G tarmog‘i ustidagi ishlarni ham boshlab yuborgan.

O‘QING: Huawei 6G tadqiqotlarini boshlab yubordi

Samsung «Hamma uchun keyingi giper-bog‘langan amaliyot» nomli banner chiqardi. Unda, kompaniya kelajak aloqasining qaysi sohalarda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib, 6G'ni yaratishdagi muammo va to‘siqlar haqida ham ma’lumot bergan.

Samsung'ning bildirishicha, 6G'ning ilk tijoriylashtirish bosqichi 2028-yilga borib amalga oshiriladi, ommaviy tijoriylashtirish esa 2030-yildan boshlanadi. Koreys kompaniyasi 6G‘dan ham insonlar, ham texnik uskunalar foydalanishi va bu tarmoq to‘laroq X-Reallik (XR) amaliyoti, mobil golografiya va raqamli nusxalar kabilarni kundalik hayotga olib kirishini tushuntirdi.

Ilg‘or kommunikatsiyalar tadqiqot markazi rahbari Sungxyun Choi o‘zining guruhi 6G texnologiyasi uchun tadqiqot va rivojlanish dasturini boshlab yuborgani hamda Samsung sanoatning ushbu texnologiya qiziqish bildirgan vakillari, akademiya va hukumatlar bilan hamkorlik qilish orqali 6G standartlari borasida yetakchilikni qo‘lga kiritishda jiddiy harakatda ekanligini bildirgan.

Samsung 6G'ni yaratishda uch xil to‘siqni ko‘rsatadi — tarmoqning ishlashi, arxitekturasi va ishonchliligi. 6G talab darajasida ishlashi uchun 1000 Gbit/sek (5G'dan 50 barobar ko‘proq) ma’lumot o‘tkaza olishi, tarmoqning kechikish vaqti 100 mikrosekunddan (5G kechikish vaqtining o‘ndan biri) kamroq bo‘lishi kerak.

6G'ni keng tatbiq qilish teragers (THz) chastota diapozoni, yangicha antenna yechimlari, ilg‘or ikki tomonlama texnologiyalar, yaxshilangan tarmoq topologiyasi va simsiz aloqada sun’iy ongni ham talab qiladi. Ushbu shart-sharoitlarning hammasi noldan boshlab yaratib chiqilishi kerak.

6G hozirda nazariyaviy bosqichda turibdi xolos, ammo kompaniyalar ushbu tarmoq ustida ishlashni boshlab yuborgani bizni kelajak aloqasi tomon bir qadam yaqinlashtiradi. Agar bu texnologiya kundalik turmushimizni yaxshilasa, biz uni iliq qarshi olishimiz kerak.

O‘QING: Xiaomi endi 4G-smartfon chiqarmaydi – u allaqachon 6G bilan shug‘ullanyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!