Samsung 7,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega navbatdagi smartfoni ustida ishlamoqda

Samsung 7,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega navbatdagi smartfoni ustida ishlamoqda

Ilgariroq Samsung Galaxy F12 smartfoni tayyorlanayotgani haqida xabar berilgan edi. Endi esa Galaxy M12 deb nomlangan modelning bir necha tasvirlari sizdirildi.

Rasmlardan ko‘rish mumkinki, smartfon qolipiga SM-M127F va SM-F127G model raqamlari yozilgan. Bu esa Galaxy F12 va Galaxy M12 ayni bir xil korpusga ega bo‘lishini anglatadi. Har ikki smartfon Samsung'ning Hindistondagi zavodida ishlab chiqarilishi aytilmoqda.

Galaxy M12'ning o‘ziga xos jihati unga o‘rnatilgan 7,000 mA/soatlik akkumulyatordir. Bundan oldin Galaxy M51 ham xuddi shuncha sig‘imli akkumulyator bilan taqdim qilingandi. Galaxy M12, shuningdek, 6.7 dyuym diagonalli ekran va to‘rtta kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Smartfon orqa korpusi o‘ng burchagida to‘rtta kamera moduli joylashgan. Korpusda, shuningdek, audio jek, USB Type-C porti va karnay o‘rni borligini ko‘rish mumkin. O‘ng tomon romida ustiga barmoq izi skaneri o‘rnatilgan quvvat tugmasi va ovoz balandligi nazorati tugmalari, chap tomonda esa SIM karta sloti o‘rnatilgan.

O‘QING: Samsung Galaxy S21'larning aniq taqdimot sanasini aytishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!