Samsung dunyodagi ilk 8K ultra-keng o'yin monitorini ustida ishlamoqda

Samsung dunyodagi ilk 8K ultra-keng o'yin monitorini ustida ishlamoqda

Samsung potfoliosida allaqachon 49 dyuymli Odyssesy G9 5K va 55 dyuymli Odyssey Ark 4K kabi bir-biridan ajoyib o'yin monitorlari bor. Biroq, kompaniya bu bilan to'xtab qolmoqchi emas, endi u 8K rezolyutsiyali monitor chiqarmochi.

AMD'ning bir necha kun oldin bo'lib o'tgan yangi avlod grafik kartalari taqdimoti davomida Samsung kompaniyasi dunyodagi eng birinchi 8K monitor ustida ishlayotgani e'lon qilindi. Ma'lum bo'lishicha, u DisplayPort 2.1 xususiyatiga ega bo'ladi va bu biz monitor haqida bilgan yagona narsa. Batafsil ma'lumotlar kelasi yilning yanvar oyida bo'lib o'tadigan CES 2023 tadbiri ochiqlanadi.

O'QING: Samsung ekspertlari Apple qachon buklanadigan qurilmalar chiqarishni boshlashini aytishdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.