Samsung akkumulyatorlari zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1520
  •  08.02.2017 14:18

Samsung akkumulyatorlari zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

8 fevral kuni Xitoyning Tyanszin shahridagi Samsung SDI kompaniyasi zavodida yong‘in yuzaga keldi, deb xabar bermoqda Sina axborot portali.

Manbaga ko‘ra, Utsin tumanidagi alohida iqtisodiy hududda joylashgan korxona quyuq tutun bilan qoplangan. Hodisa joyiga yong‘in o‘chirish va boshqa tegishli xizmatlar xodimlari zaruriy mashinalar bilan yetib kelishgan. Baxtsiz hodisa qurbonlari va jabrlanuvchilari haqida hozircha xabar berilmagan.

Mazkur zavod Samsung korporatsiyasining ko‘pchilik mahsulotlari – uyali aloqa qurilmalari uchun litiy-ionli akkumulyatorlar, kimyoviy tok manbalari, shuningdek boshqa jihozlar va materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, portlab va yonib ketgan Samsung Galaxy Note 7 qurilmalariga buning sababchisi bo‘lgan batareyalarni ayni shu zavod yetkazib bergan.