Samsung allaqachon Galaxy Note 20’larni tayyorlayapti: dizayni va farqlarini rasmlarda ko‘ramiz

  •   DiMaX
  •  1716
  •  22.01.2020 09:58

Samsung allaqachon Galaxy Note 20’larni tayyorlayapti: dizayni va farqlarini rasmlarda ko‘ramiz

Butun dunyo ahli Galaxy S20 turkumidagi flagmanlarini kutayotgan bir pallada Samsung undan keyingi zo‘r smartfonini tayyorlashga kirishgan. Ya’ni, o‘tgan yil avgustda taqdim etilgan fabletlar – Galaxy Note 10’lar davomchisi haqidagi ilk ma’lumotlar internetga chiqdi.

O‘QING: Arzonroq Note10 chiqyapti

O‘z flagmanlar turkumida bo‘lgani kabi, kompaniya ushbu fabletlarini ham «yigirmatalik» nom bilan – Galaxy Note 20 deb atashi kutilayotir. Samsung Electronics allaqachon Hindiston Intellektual mulk byurosiga smartfon g‘ilofini patentlash uchun ariza topshirgan. Patent tavsifi qisqa, ammo undagi surat Galaxy Note 20 dizayni haqida ma’lumot beradi:

Rasmga qaraganda, Galaxy Note 20 korpusining burchaklari uchli – bunday dizayn Samsung fabletlarini burchaklari birmuncha dumaloqlangan Galaxy S hamda Galaxy A turkumlaridan ajratib turadi.

O‘QING: Galaxy S20, S20+, S20 Ultra hamda Galaxy Z Flip narxlari kishini lol qoldiradi!

Smartfon korpusidagi portlar va stilus joyi uchun g‘ilofda ochilgan tirqishlar amaldagi Galaxy Note 10 modellariga to‘g‘ri kelmayotganidan ham ma’lumki, u aynan Galaxy Note 20 uchun tayyorlangan.

Kutilayotgan planshetofonning asosiy kamerasi dizayni ham bulturgi asosiy fabletlardan farq qilib, Note 10 Lite modelidagiga o‘xshaydi. Lekin joriy yilning boshida namoyish etilgan ushbu yarimflagmandan farqli ravishda, Galaxy Note 20 quloqchin uchun 3,5 millimetrlik audiotirqishga ega emas.

Samsung o‘z an’anasiga sodiq qolib, Galaxy Note 20 modellarini shu yilning avgustida taqdim etsa kerak. Hozircha esa uning asosiy flagmanlariga e’tiborni qarataveramiz...

O‘QING: Samsung Galaxy S20, S20+, va S20 Ultra'larning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!