Samsung allaqachon «Star» nomli Galaxy S9 ustida ish boshlagan

  •   DiMaX
  •  1918
  •  24.05.2017 17:34

Samsung allaqachon «Star» nomli Galaxy S9 ustida ish boshlagan

Samsung allaqachon o‘zining bo‘lajak flagmani – Galaxy S9 tayyorlashga kirishganligi xususida avval ham xabar berganmiz. Janubiy Koreyaning The Bell onlayn-nashriga ko‘ra, mazkur modelga «Star» kodli nomi berilgan, sal yirikroq model esa «Star 2» deb nomlanmoqda.

Xabarlarda aytilishicha, mazkur qurilma ustidagi ishlar muddatidan 3-4 oy avval boshlangan. Ammo uning xususiyatlari haqida hozircha birorta ham ma’lumot yo‘q, deb yozadi Pocket-lint nashri. Devaysning taqdimoti esa 2018 yilning aprel yoki may oyida bo‘lishi mumkin.

Hozirgi flagman – Samsung Galaxy S8 modelining kodli nomi «Project Dream», Galaxy Note 8’niki esa – «Great». Nisbatan avvalgi mish-mishlarda Note 8’ning kodli nomi boshqacharoq bo‘lishi aytilgandi, shunga ko‘ra, Galaxy S9 modelini ham ishlanmalarning dastlabki bosqichida o‘zgacha nomlanishi ehtimoliyam mavjud. Albatta, hali bu borada rasmiy ma’lumotning o‘zi yo‘q, shuning uchun yuqoridagi xabarlarning qanchalik to‘g‘ri chiqishini vaqt ko‘rsatadi.

Nima bo‘lganda ham, Galaxy S9 chiqarilishiga bir yildan kamroq vaqt bor. Samsung hozircha o‘z e’tiborini ko‘proq Galaxy Note tizimidagi yangi fabletiga qaratgan. Darvoqe, Note 8 Samsung’ning yangi avlod kamera innovatsiyasiga ega bo‘ladi. Uning taqdimoti esa kuzda – sentyabr oyida bo‘lishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!