Samsung amalladi: Galaxy Fold ikki xil versiyada qayta chiqyapti, jiddiy farqlari bor

  •   DiMaX
  •  1320
  •  27.06.2019 11:39

Samsung amalladi: Galaxy Fold ikki xil versiyada qayta chiqyapti, jiddiy farqlari bor

Galaxy Fold displeyidagi nosozlik tufayli Samsung o‘z xatosini tan olib, uzr so‘rashga majbur bo‘lgandi. Keyin kompaniya sotuvga qo‘yilgan barcha buklama smartfonlarini qaytarib olgan, yaqinda esa qayta savdoga chiqarishi aytilgan edi. Lekin...

O‘QING: Yana bo‘lmadi: Samsung Galaxy Fold uchun olingan buyurtmalarni bekor qilishmoqda

Endi esa AQSh Aloqa bo‘yicha federal komissiyasi (FCC) saytida Samsung Galaxy Fold haqida yangi ma’lumot paydo bo‘ldi. Shunga qaraganda, yaqin orada amerikaliklar yana qayishqoq ekranli mazkur inqilobiy smartfonni sotib olish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, Samsung Galaxy Fold ikki xil versiyada chiqarilishi ham ma’lum bo‘ldi. Ularning asosiy texnik xususiyatlari o‘zaro o‘xshash bo‘lsa-da, jiddiy farqlari ham bor.

O‘QING: Flagmanlardan a’lo: Galaxy A90 smartfoni Snapdragon 855 chipiga va 48 MPlik «uchko‘z» kameraga ega!

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi versiya bittagina nanoSIM-karta uyachasiga ega bo‘lib, akkumulyatorining tok sig‘imi 4235 mA/soatga teng.

Galaxy Fold’ning ikkinchi versiyasi esa 4G’gacha bo‘lgan uyali aloqa tarmoqlarida ishlaydi, ammo uning batareyasi baquvvatroq – 4380 mA/soatlik! Bundan tashqari, ushbu versiya dual-SIM qurilma hamdir: nanoSIM-karta uyachasi bilan birga, unga eSIM texnologiyasi ham joriy etilgan.

O‘tgan hafta Samsung Display vitse-prezidenti Kim Son-chxol (Kim Seong-cheol) ushbu smartfondagi muammolar hal etilgani va u bozorga chiqishga tayyor ekanini aytgandi. Biroq Galaxy Fold’ning qachon qayta taqdim etilib, savdoga qo‘yilishi hozircha aniq emas. Shu kungacha global savdoga chiqqan ayrim Samsung telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Galaxy S10+ va Galaxy A80 smartfonlarini Samsung hali taqdim etilmagan Galaxy Note 10 Pro 5G’ga almashtirib bermoqchi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!