Samsung ekspertlari Apple qachon buklanadigan qurilmalar chiqarishni boshlashini aytishdi

Samsung ekspertlari Apple qachon buklanadigan qurilmalar chiqarishni boshlashini aytishdi

Janubiy Koreyadan The Elec nashrining xabar berishicha, Samsung Mobile Experience bo'limi o'tgan oktabr oyining uchinchi haftasida ta'minotchilar bilan yig'ilish o'tkazgan va unda kompaniya o'zining buklanadigan smartfonlarini strategiyasini muhokama qilgan.

Ma'lum bo'lishicha, Samsung o'zining buklamafonlari bozori 2025-yilgacha yiliga 80% dan oshishiga ishonadi. Kompaniyaga ko'ra, hozirda Janubiy Koreya bozorida 20-30 yoshli iPhone foydalanuvchilari o'z qurilmalarini avvalgidan 3-4 baravar ko'proq Samsung buklamafonlariga o'zgartirishmoqda. Qo'shimcha qilinishicha, 90% gacha bo'lgan buklanadigan smartfon egalari buklamafonlarini o'zlarining ikkinchi qurilmalari sifatida sotib olishadi.

Shuningdek, Janubiy Koreyaning texno-gigant kompaniyasi ekspertlariga ko'ra, Apple 2024-yilda buklanadigan qurilmalar bozoriga qo'shiladi, lekin bunda kupertinolik kompaniya birinchi bo'lib buklanadigan iPhone emas, balki planshetlar chiqarishi mumkin.

O'QING: Samsung'ning yangi reklama videosi yana Apple'ga qaratilgan

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!