Samsung Apple'dan "ilhomlanmoqda"

Samsung Apple'dan

Ba'zi Android smartfon ishlab chiqaruvchilari Apple'ning dinamik orolini ko'chirishga harakat qilayotgan bir paytda Samsung kompaniyasi o'zining smartfonlariga iOS 16'da bo'lganidek Ekran qulfini sozlash xususiyatlarini qo'shmoqda.

9to5Mac'ning xabar berishicha, Galaxy'lar uchun Android 13'ga asoslangan One UI 5'ning uchinchi beta yangilanishida Ekran qulfini sozlash imkonini beradigan xususiyatlar topilgan bo'lib, ular iOS 16'ning xuddi shunday funksiyasini eslatib yuboradi.

Masalan, One UI 5 bilan endi siz Ekran qulfingizdagi soat ko'rinishi 5 xil stilda o'zgartirishingiz mumkin. Bunday funksiya iOS 16'da birinchi kelgan bo'lib, unda siz 8 xil soatlar stilidan birini tanlashingiz mumkin. Shuningdek, ikkala interfeyslarda ham soatlar ranggini o'zgartirish mumkin.

Image

Orqa fonni o'zgartirayotgan esa, ikkala operatsion tizimlar ham suratlar kolleksiyasini taklif qiladi. Apple Ekran qulfi uchun uchinchi tomon vidjetlarini taklif qilayotgan bir paytda, Samsung'da hozircha faqat bildirishnomalar uchun vidjetlar mavjud.

Qizig'i shundaki, Samsung har doim Apple'ning ustidan kuladida, keyin uning stillarini o'zi ko'chirib oladi. Janubiy Koreya kompaniyasi iPhone 14 smartfonlarini taqdim qilinishidan oldin va keyin ham Apple'ni masxara qiladigan bir nechta reklama videolarini chiqargan edi.

O'QING: Xiaomi 12T seriyasi qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!