Samsung Apple'ga yordam bermoqchi

Samsung Apple'ga yordam bermoqchi

Apple kompaniyasi MacBook, Mac va iPad qurilmlariga M1 Silicon chiplarini o‘rnatishi hammaga ma’lum. M1 chiplari qismlarini yetkazib berishda Apple'ga yordam bergan kompaniya katta moliyaviy foyda ko‘rishi mumkin. 

Samsung Apple uchun ana shunday yetkazib beruvchilardan biri bo‘lishi mumkin. Sababi Samsung zamonaviy yuqori zichlikdagi chiplar uchun muhim bo‘lgan FC-BGA substratlarini ishlab chiqaradi. Tabiiyki, koreyalik texnogigant M2 chipini ishlab chiqarishda ham ishtirok etishni xohlaydi. 

Samsung Electro-Mechanics Apple bilan yangi M2 chipi uchun kerak bo‘ladigan bir xil FC-BGA substratlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishishga juda yaqin. Samsung yaqinda Vetnamdagi FC-BGA ishlab chiqarish zavodni qurish uchun 1 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Bundan tashqari, kompaniya Janubiy Koreyada mavjud bo‘lgan zavodga 241 million dollardan ortiq sarmoya kiritdi. 

O‘QING: Galaxy Watch 5 seriyasida Classic modelni ko‘rmasangiz hayron bo‘lmang!