Samsung ArtPC Pulse – futuristik kompyuter

Samsung ArtPC Pulse – futuristik kompyuter

O‘tgan haftada Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ArtPC Pulse nomli yangi dizayndagi kompyuterni taqdim qildi. Bu haqda MSpoweruser nashri xabar qilgan.

Yangi gadjet  biroz Apple Mac Pro modelini yodga soladi. Lekin bu Samsung “olma”dan nusxa ko‘chirgan degani emas. Sababi qurilmalar o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Dumaloq korpusga ega ArtPC Pulse alyuminiydan ishlangan bo‘lib, ikkita qismlan tashkil topgan. Qurilmaning quyi qismida apparat moduli joylashgan, ustki qismda esa Harman/Kardon rusumidagi 360 gradusli dinamik o‘rin olgan. Ular o‘zaro turli ranglarda yoritiladigan moslama orqali birlashtirilgan.

1024_2000

Gadjet oltinchi avlod Intel Core protsessorida ishlaydi, unga DDR4 standartidagi 16 GB tezkor xotira va 256 GB NVMe SSD o‘rnatilgan. Qattiq diskdagi xotira hajmi 1 TBdan iborat.

Qurilma 4K video uchun H.265 apparat diskompressiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Orqa tarafda 4 ta USB port, bitta USB Type-C porti, Ethernet, HDMI, kardrider va audioslot mavjud.

Samsung ArtPC Pulse kompyuterini Amazon resursida 1200 dollarga xarid qilish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.