Samsung arzonroq 5G-smartfonlar uchun yangi protsessor taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  548
  •  27.05.2020 13:56

Samsung arzonroq 5G-smartfonlar uchun yangi protsessor taqdim etdi

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 600-turkumida 5G-modemli yangi protsessor ishlab chiqayotgani ma’lum. Shuningdek, xitoylik kompaniyalardan biri ushbu chipset bazasida atigi 140 dollarlik ilk 5G-smartfonni tayyorlayapti.

O‘QING: Huawei’ning «begona» protsessorli ilk smartfoni AnTuTu’da qo‘lga tushdi!

Samsung kompaniyasining Exynos turkumidagi mobil protsessorlari asosan o‘z smartfonlarida qo‘llanishidan xabaringiz bor. Lekin xitoylik smartfonsozning yangi – Vivo Y70s smartfoni aynan janubiy koreyaliklarning Exynos 880 5G chipseti bazasida tayyorlanayotgani haqida yozganmiz.

Kuni kecha Samsung mazkur 5G-protsessorini rasman taqdim etdi va uning xususiyatlari avvalroq chiqqan Exynos 880 rusumli 5G-protsessordan salgina past, xolos. Yana bir qiziq o‘xshashlik – Exynos 980 ham birinchi bo‘lib Vivo kompaniyasining smartfonida qo‘llangan edi.

Umuman olganda, Exynos 880 modeli ayni damda mavjud bo‘lgan 5G-protsessorlar orasida samaradorligi eng past chipset hisoblanadi. Shunga yarasha uning narxi ham past bo‘ladimi yo yo‘qmi – bunisini Samsung aytmagan.

O‘QING: AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Shunday qilib, 8 nanometrlik tex-jarayonga asoslangan Exynos 880 5G protsessori jamlanmasiga quyidagilar kiradi:

  • 2,0 GGs chastotali ikkita Cotrex-A77 yadrosi;
  • 1,8 GGs chastotali oltita Cotrex-A55 yadrosi;
  • Mali-G76 MP5 rusumli grafik tezlatgich;
  • 5G NR Sub-6GHz texnologiyasini qo‘llovchi 5G-modem.

Aytish kerakki, Exynos 980 konfiguratsiyasi ham aynan shunaqa, faqat unda ilg‘or klasterlar chastotasi yuqoriroq – 2,2 gigagerslik. Shunga qaraganda, Exynos 880 chipseti – shunchaki marketing yurishiga o‘xshayapti.

Buning ustiga, yangi protsessorda ayrim jihatlar ataylab pasaytirilgan. Masalan, u faqat Full HD+ formatigacha bo‘lgan ekranlarni qo‘llab-quvvatlaydi (Exynos 980 modelida bu ko‘rsatkich 4K UHD’gacha). Shuningdek, Exynos 880 chipli smartfonning kamerasi 64 megapikselgacha bo‘lishi mumkin (Exynos 980 protsessorida – 108 MPgacha).

O‘QING: Dunyodagi barcha 5G-tarmoqlar xaritasi ishga tushdi: Markaziy Osiyoda bittagina mamlakat!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!