Buklanadigan Galaxy A smartfoni?

Buklanadigan Galaxy A smartfoni?

Hech kimga sir emaski, bugungi kunda o'zining Galaxy Z Fold va Galaxy Z Flip buklanadigan smartfonlari seriyasi bilan Samsung kompaniyasi buklamafonlar bozorida yetakchilik qilib kelmoqda. Lekin Janubiy Koreya kompaniyasiga buning o'zi kifoya qilmaydigan ko'rinadi, so'nggi xabarlarga ko'ra, Samsung arzonroq buklamafonlar ham ishlab chiqarishni boshlashi mumkin.

Insayder o'z Twitter sahifasida ulashgan xabarga ko'ra, Galaxy A seriyasidagi smartfonlari qatoriga arzonroq narxdagi buklanadigan qurilma qo'shilishi kutilmoqda, ammo, bu yaqin orada sodir bo'lmaydi. Ma'lumotlarga qaraganda, Samsung o'rta darajadagi buklamafonni 2024-2025-yillarga chiqarishni rejalashtirgan.

Hozircha kompaniya kitob kabi o'ngga-chapga yoki dengiz chig'anog'i kabi tepa-pastga ochilib yopiladigan qurilmalarning qaysi birini arzonrog'ini chiqaradi bunisi biroz noma'lum.

O'QING: Galaxy S22 smartfonini 220 dollar arzonroqqa sotib oling

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!