Samsung atigi 85 dollarlik Galaxy A3 Core smartfonini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  2298
  •  02.10.2020 10:00

Samsung atigi 85 dollarlik Galaxy A3 Core smartfonini taqdim etdi

Janubiy Koreyalik kompaniya Android Go tizimli uchinchi smartfoni – Galaxy A2 Core modelini bultur aprelda namoyish qilgan edi. Endi esa uning izdoshi – Galaxy A3 Core smartfoni ham chiqdi.

O‘QING: Galaxy M41 o‘rniga Samsung ikkita arzon smartfon chiqaradi

Kompaniya rasmiy saytining Afrika uchun mo‘ljallangan bo‘limida yangi smartfon ususiyatlari ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, Samsung Galaxy A3 Core ekrani diagonaliga 5,3 dyuymlik, aniqligi 1480x720 pikselga teng. Unda 1,5 GGs takt chastotali protsessor qo‘llangani aytilgan, ammo modeliga aniqlik kiritilmagan.

Galaxy A3 Core tezkor/doimiy xotirasi tegishlicha 1/16 gigabaytlik hajmga ega. Samsung uni 8 megapiksellik asosiy va 5 megapiksellik old kamera bilan ta’minlagan. Unda ikkita SIM-karta uyachasidan alohida microSD-karta sloti ham mavjudligi – yaxshi holat.

Smartfon LTE modemi, Wi-Fi 802.11n hamda Bluetooth 5.0 adapterlari, shuningdek standart quloqchin tirqishi va microUSB 2.0 porti bilan jihozlangan. Korpusining o‘lchamlari 141,7x67,5x8,6 millimetrga teng va u 150 gramm tosh bosadi.

Galaxy A3 Core smartfonida 3000 mA/soatlik, korpusdan olinmaydigan akkumulyator qo‘llangan. Samsung mazkur modeli uchun 85 AQSh dollariga teng narx belgilagan.

O‘QING: Taqdimotidan ikki hafta oldin Galaxy F41 kamerofonining anboksing videosini ko‘ramiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.