Samsung avtonomligi naq 18 soatga yetuvchi hamyonbop simsiz quloqchin chiqardi

  •   DiMaX
  •  613
  •  30.11.2020 09:33

Samsung avtonomligi naq 18 soatga yetuvchi hamyonbop simsiz quloqchin chiqardi

Janubiy koreyalik yetakchi kompaniya besh yil muqaddam Level U rusumli simsiz quloqchin namoyish etgan edi. Bu – bo‘yinga taqib olinadigan ushlagichga ega, lekin smartfon yo noutbuk portiga ulanmaydigan aksessuardir. Samsung endi uning ikkinchi avlodini taqdim etib, o‘z yurtida 47 dollarga teng narx bilan sotuvga qo‘ydi.

O‘QING: Apple’ni masxara qilgach, Samsung o‘zi ham smartfonlar qadog‘idan muhim aksessuarlarni olib qolyapti!

Ushbu quloqchin Level U2 deb nomlangan bo‘lib, yangi – Bluetooth 5.0 interfeysi bilan ta’minlangan. Quloqchin pallalari 12 millimetrlik, umumiy vazni 41,5 gramm keladi. Bo‘yindagi qismida quloqchin faoliyatini boshqarish uchun to‘rtta tugmacha o‘rnatilgan.

Samsung Level U2 modelining o‘ziga xosliklaridan biri – akkumulyatorini bitta to‘ldirganda, tugagunicha 18 soat musiqa tinglash mumkin. Telefon qo‘ng‘iroqlari rejimida uning avtonomligi 13 soatga, kutish rejimida esa 500 soatga yetadi. Bu aksessuarni quvvatlash uchun korpusida zamonaviy USB-C porti qo‘llangan.

Quloqchin 20 gersdan to 20 kilogersgacha chastotali ovoz diapazonini qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin u Samsung Scalable Codec’dan boshqa kodeklarni qo‘llab-quvvatlamaydi.

O‘QING: Xiaomi atigi 13 dollardan boshlanuvchi ikkita simsiz quloqchin taqdim etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!