Samsung avtonomlik «megamonstr»i – arzon Galaxy M31 smartfoni reklamasini boshladi

  •   DiMaX
  •  3671
  •  06.02.2020 17:04

Samsung avtonomlik «megamonstr»i – arzon Galaxy M31 smartfoni reklamasini boshladi

O‘tgan yilning sentyabrida chiqqan arzon Galaxy M30s smartfoni naq 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Janubiy koreyalik texnogigant endi uning davomchisi – Galaxy M31 modeli namoyishiga tayyorgarlik ko‘ryapti.

O‘QING: Galaxy M31 o‘zi arzon bo‘lsa-da, o‘rta narxli Galaxy A51 bilan bellasha oladi! («jonli» surat)

Galaxy M31 ham guddi shunday gigant sig‘imli batareyaga ega bo‘lishini manbalar Samsung’ga yaqin tasdiqlamoqda. Shuningdek, arzon smartfonlar turkumining kutilayotgan vakili yana bir zo‘r jihatga – asosiy moduli naq 64 megapiksellik kameraga ham ega!

Samsung ushbu smartfonda ham o‘zining Exynos 9611 platformasini qo‘llaydi, ya’ni – uning samaradorligi Galaxy M30s modeliga nisbatan aytarli o‘zgarmaydi. Galaxy M31 diagonaliga 6,4 dyuymik, old kamera uchun kemtikli Super AMOLED displeyga ega. Uni tezkor xotirasi 4 yoki 6 GB, ichki xotirasi esa 64 yoki 128 gigabaytlik konfiguratsiyalarda sotib olish mumkin bo‘ladi.

Shu tariqa, Galaxy M31 smartfoni Galaxy M30s modelidan bosh kamerasi bilangina farqlanadi, uning narxi borasida esa hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Galaxy A41 benchmarkda: Samsung uni arzon qilish uchun kutilmagan ishga qo‘l uribdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.