Samsung «beli baquvvat» Galaxy A30 va Galaxy A50 smartfonlarini taqdim qildi

  •   DiMaX
  •  8777
  •  26.02.2019 09:35

Samsung «beli baquvvat» Galaxy A30 va Galaxy A50 smartfonlarini taqdim qildi

Janubiy koreyalik texnogigant o‘tgan haftada Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarini hamda Galaxy Fold buklama smartfonini namoyish etgandi. Kecha esa u MWC 2019 doirasida o‘rta narxli A-seriyadagi ikkita yangi modelini ko‘rsatdi.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A50, Galaxy A30 va Galaxy A20 smartfonlari ilk «jonli» suratlarda!

Shunday qilib, Galaxy A30 va Galaxy A50 smartfonlari Samsung kompaniyasining Infinity-U displeyli ilk ikki qurilmasi bo‘ldi. Ularning ekranlari bir xilda 6.4 dyuymlik Super AMOLED-displeylar bo‘lib, Full HD+ formatida. Shuningdek, ularning «beli baquvvat» – akkumulyatorlari 4000 mA/soatlik!

Galaxy A30 hamda Galaxy A50 modellarining samaradorligini ta’minlashga Samsung’ning o‘z ishlanmasi bo‘lgan, tegishlicha 1.8 GGs va 2.3 GGs takt chastotasida ishlovchi protsessorlar mas’ul. Ammo kompaniya taqdimotda ularning modelini aytmagan; kuzatuvchilar taxminicha, bular – tegishlicha Exynos 7904 hamda Exynos 9610 chiplaridir.

Ikkita yangi model yana kameralari, xotira hajmi va barmoq izi skanerlariga ko‘ra ham farqlanadi. Galaxy A30 smartfoni 3/4 GBlik tezkor, 32/64 GBlik doimiy xotiraga, orqa paneldagi daktiloskopik datchikka ega. Uning bosh kamerasi 16 + 5 megapiksellik, old kamerasi esa 16 MPlik datchiklardan iborat.

Galaxy A50 modeliga kelsak, unda barmoq izi skaneri ekranga integratsiya qilingan. Asosiy kamera uch modulli: 25 + 5 + 8 megapiksellik bo‘lib, bulardan uchinchisi keng burchakli. Old kamera esa aniqligi 20 megapikselga teng. Bu smartfon 4/6 GBlik tezkor va 64/128 GBlik ichki xotiraga ega variantlarda taklif etiladi.

Har ikkala smartfon ham mart oyining o‘rtasida savdoga chiqarilishi aytilmoqda, aftidan, dastlab Hindistonda sotila boshlasa kerak. Afsuski, Samsung ularning narxlarini ma’lum qilmagan.

O‘QING: Samsung Galaxy A6+ smartfoni: batafsil sharh, ustunligi va kamchiliklari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!