Samsung bepul mobil fotografiya kursi ochdi, qatnashchilarga Galaxy S20 yoki Note 20 berishadi

  •   DiMaX
  •  1862
  •  05.09.2020 12:55

Samsung bepul mobil fotografiya kursi ochdi, qatnashchilarga Galaxy S20 yoki Note 20 berishadi

Ba’zida smartfonsoz, kamerasoz va boshqa tur kompaniyalar suratga olish sirlari bo‘yicha kurslar tashkil etib turishadi. Samsung Electronics ham Moskva shahridagi White Photo School fotografiya maktabi bilan hamkorlikda «Smartfonda suratga olamiz» nomli bepul kursni e’lon qildi.

O‘QING: Kadr ortida: taniqli fotografdan onlayn mashhurlik sirlari (+video)

Yangi kursda ishtirok etish uchun Rossiyadagi xohlovchilar ushbu havola orqali uning loyihasida ariza berishlari mumkin, bunda fotograflik tajribasi bo‘lishi talab etilmaydi. Kurs qatnashchilariga White Photo School o‘qituvchisi, professional fashion&celebrity fotograf Sofiya Karayvanskaya murabbiylik qiladi.

Ta’lim davomida talabalarga Galaxy Note 20 hamda Galaxy S20 flagmanlari butkul bepul berib turiladi. Ishtirokchilar ular yordamida mobil suratkashlikning barcha sir-asrorlarini o‘zlashtirishlari hamda smartfon kamerasining imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Yana bir yoqimli jihati – agar kurs ishtirokchisiga mazkur flagmanlardan birortasi yoqib qolsa, uni 15 foizlik chegirma bilan sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.

Tinglovchilarga smartfon kamerasi orqali professional sifatli foto va video suratga olish bosqichlari haqida bazaviy bilimlar beriladi. Dastur doirasida 7 ta onlayn seminar, loyihaning bosh ekspertlari bilan birga 2 ta vorkshopda ishtirok etish mumkin. Shuningdek, mobil fotografiya tanloviga o‘z ishlarini taqdim etib, g‘olib bo‘lgan taqdirda Samsung flagmanini yutib olish imkoni ham bor!

O‘QING: Professional tasvirlar yaratamiz!

Qatnashchilar kursning nazariy qismini mustaqil tarzda – onlayn usulda o‘zlashtirishdi. Keyin esa moderatorlar bilan birgalikdagi jonli mashg‘ulotlarda o‘z bilimlarini amalda sinab ko‘rishadi. White Photo School ekspertlaridan maslahat va ko‘mak olishadi, o‘zlarining foto va videolarini ular bilan muhokama qilishadi.

Kursda joylar soni cheklangan, shu boisdan, xohlovchilar mana bu havola orqali ariza berishga shoshilishlari lozim.

Darvoqe, biz zamonaviy smartfonlarda surat olish texnologiyasi, telefonda ajabtovur, taassurotli surat olishning oddiy usullari, Xiaomi smartfonlarida sifatli suratga olish uchun kamerani sozlash, shuningdek, yaxshi selfi tushirish sirlari haqida ham yo‘riqnoma-maqolalar e’lon qilganmiz.

O‘QING: Android’da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.