Samsung besh yil avval ishlab chiqarilgan smartfonga dasturiy ta’minot yangilanishni jo‘natmoqda

Samsung besh yil avval ishlab chiqarilgan smartfonga dasturiy ta’minot yangilanishni jo‘natmoqda

Galaxy S8 va Galaxy S8+ flagman smartfonlarini dasturiy ta’minot bilan qo‘llab-quvvatlash muddati allaqachon tugaganiga qaramay, Samsung ushbu smartfon egalarini kutilmagan dastur yangilanishi bilan hayratda qoldirdi. 

Sentyabr oyida Samsung ishlab chiqarilganiga besh yil bo‘lgan smartfonlarni dasturiy ta’minot bilan ta’minlashini ma’lum qilgan edi. 

Proshivka model raqami G95xFXXUCDUK1 bo‘lib, hozirda uni Yevropadagi S8 foydalanuvchilari qabul qilib olishmoqda. Keyinchalik proshivka boshqa hududlardagi foydalanuvchilarga ham jo‘natiladi. 

Proshivka hech qanday Android yoki One UI yangilanishini o‘z ichiga olmaydi, u faqat smartfonni oktyabr oyi xavfsizlik patchi bilan ta’minlaydi hamda tizimdagi ba’zi muammolarni bartaraf etadi. 

Samsung kompaniyasi Galaxy S8 seriyasini 2017 yil boshida taqdim etgan. Smartfonlar dastlab Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlagan, keyin esa 2018 yilda Android 8 Oreo va 2019 yilda Android 9 Pie operatsion tizimiga o‘tgan edi. 

O‘QING: Samsung Galaxy Tab S8 Ultra'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!