Samsung birinchi arzon kamerofonining taqdimot kunini aytdi!

  •   DiMaX
  •  877
  •  24.09.2020 16:32

Samsung birinchi arzon kamerofonining taqdimot kunini aytdi!

Yaqindagina biz Samsung kompaniyasi yangi – Galaxy F turkumida arzon kamerofonlar turkumiga asos solganligi haqida yozgan edik. Mazkur seriyaning ilk vakili – Galaxy F41 modeli esa oktyabrning boshida chiqadi.

O‘QING: Samsung taqdim etmasidanoq Galaxy F41 arzon kamerofonining rasm va xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi

Samsung allaqachon ushbu yangi turkumdagi birinchi – Galaxy F41 modelining namoyish kunini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur kamerofon 8 oktyabr kuni Hindistonda o‘tkaziladigan tadbirda keng ommaga ko‘rsatiladi.

Rasmiy suratlarda aks etishicha, Galaxy F41 smartfoni Infinity-U turidagi, ya’ni tomchisimon kemtikli S-AMOLED ekranga ega. uning avtonomligi uchun esa ancha sig‘imdor – 6000 mA/soatlik batareya mas’ul.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42’ning so‘nggi siri ochildi!

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfon ko‘p jihatidan Samsung’ning arzon «megamonstr»i – Galaxy M31 modeliga o‘xshash bo‘ladi. Lekin uning «ichki dunyosi» o‘zgacha – Exynos 9611 protsessori, 6/8 GBlik tezkor va 64/128 GBlik doimiy xotira, NFC chipi...

Shuningdek, Galaxy F41 uch modulli kamerasidagi asosiy datchik 64 megapiksellik, old kamera sensori esa 32 megapiksellik bo‘lishini ham aytishmoqda. Kompaniya uni 200–300 AQSh dollari orasida baholashi kutilmoqda.

O‘QING: Galaxy S20 FE namoyish qilindi: narx va xususiyatlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!