Samsung birinchi galda Android 12’ga o‘tuvchi smartfonlarini rasman aytdi

  •   DiMaX
  •  1320
  •  29.07.2021 10:05

Samsung birinchi galda Android 12’ga o‘tuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Yaqinda biz Xiaomi kompaniyasi oltita rusumdagi smartfonlarida Android 12 operatsion tizimini sinab ko‘rayotgani haqida yozgan edik. Samsung ham bu borada undan qolishmaslikka harakat qilmoqda.

O‘QING: Xiaomi Samsung'ni ortda qoldirib yetakchilikni qo‘lga oldi

Samsung yaqin orada o‘zining birinchi partiya smartfonlari uchun Android 12 beta-versiyasini chiqaradi. Bu haqda rasmiy forumda e’lon qilgan kompaniya vakilining ta’kidlashicha, mazkur apdeyt yangi avlod foydalanuvchi interfeysini ham o‘z ichiga oladi.

Rasmiy e’longa ko‘ra, Android 12 operatsion tizimini hamda Samsung One UI 4.0 grafik qobig‘ini birinchi to‘lqinda Galaxy S21, S21+ hamda S21 Ultra flagmanlari egalari sinab ko‘ra oladilar. Ushbu modellar egalari test dasturida ishtirok etish uchun Samsung Members ilovasida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Bunda biror muddat ko‘rsatilmayapti, shunchaki ilk beta-versiya «tez orada» chiqishi aytilgan. Shuningdek, yangi proshivka qaysi hududlardagi foydalanuvchilarga taqdim etilishi masalasiga ham aniqlik kiritilmagan.

O‘QING: Ikkita yangi Galaxy smartfonlariga tizim yangilanishi kelmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!