Samsung bizning Galaxy S21 FE haqida unutishimizni xohlamoqda

Samsung bizning Galaxy S21 FE haqida unutishimizni xohlamoqda

Galaxy S21 FE relizi borasida ko‘pchilik umidvor bo‘lgan edi. Smartfon avvaliga avgustda taqdim qilinishi kutilgan edi, lekin bunday bo‘lmadi. Keyin, sentyabrni kuta boshladik. Yana bo‘lmadi.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 smartfonining korpus o‘lchamlari iPhone 13 bilan taqqoslandi

Taqdimot yaqinlashib kelayotganiga ishora beruvchi ko‘plab ma’lumotlarga qaramay, oldin xabar berganimizdek, Galaxy S21 FE nomli qurilma umuman dunyo yuzini ko‘rmasligi mumkin. Samsung endi hatto Galaxy S21 FE'ga aloqador barcha dalil va ma’lumotlarni yo‘q qilishga kirishdi.

Galaxy S21 FE qo‘llab-quvvatlash sahifalari o‘chirildi

Oxirgi bir necha oy ichida Galaxy S21 FE haqida talaygina ma’lumot sizdirildi. Smartfonning renderlari, foydalanuvchi yo‘riqnomasi, operator listini ko‘rgandik va hatto Samsung veb-saytida qurilma keltirib o‘tilgani guvohi bo‘lgan edik.

Yangi Samsung smartfoni chiqishi arafasida kompaniya o‘z veb-saytlarida qurilma uchun qo‘llab-quvvatlash sahifasini yaratadi. Yaqinda Galaxy S21 FE uchun qo‘llab-quvvatlash sahifalari paydo bo‘la boshladi. Sahifalarda qurilma model raqami SM-G990B ekani ko‘rsatilgan edi. Bu esa nafaqat smartfon tayyor bo‘layotgani, balki tez orada bozorga chiqishini ham anglatgan edi.

Aftidan, Samsung bu sahifalarni o‘chirib yubora boshladi. Gong Kong, Singapur, Janubiy Afrika, Levant va boshqa mamlakatlardagi Samsung saytlaridan Galaxy S21 FE qo‘llab-quvvatlash sahifasi o‘chirib tashlangan. Sahifaga kirsangiz, «Havola hozir mavjud emas» degan xabar paydo bo‘ladi.

Galaxy S21 FE bekor qilingani haqidagi xabarlar tarqalganidan ikki kun o‘tib mazkur voqeaning sodir bo‘lganiga hayron qolmasa ham bo‘ladi. Ushbu qaror ortidagi sabab chip yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.

Ham Galaxy S21 FE, ham Galaxy Z Flip 3 ayni bir xil chip — Snapdragon 888 SoC'dan foydalanadi. Galaxy Z Flip 3 Samsung kutganidan yaxshiroq sotilayotgani bois kompaniya barcha e’tiborini buklamafonga qaratmoqda.

Bu, albatta, muxlislar hafsalasini bir qildi, lekin shunday bo‘lishi haqida oldindan sezgan edik. Buklamafonlarga e’tibor qaratish uchun Samsung bu yil Note'lardan voz kechdi. Note'lar oldida FE shunchaki piyoda xolos.

O‘QING: Galaxy S22 Ultra'dan so‘ng, S22 hamda S22+ smartfonlarining renderlari e’lon qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!