Samsung bulturgi va bu yilgi eng zo‘r smartfonlarini yangi versiyalarda taqdim etyapti (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1384
  •  30.04.2020 11:51

Samsung bulturgi va bu yilgi eng zo‘r smartfonlarini yangi versiyalarda taqdim etyapti (+«jonli» video)

Janubiy koreyalik kompaniya Galaxy S20 flagmanlarini taqdim qilganidan so‘ng bulturgi modellarga qayta murojaat etishini hech kim kutmagan bo‘lsa kerak. Lekin Samsung shunday yo‘l tutdi – Yevropa bozoriga Galaxy S10 Plus modelini yangi talqinda taqdim etyapti.

O‘QING: Samsung smartfonlari egalariga rasmiy xushxabar bor

Ayni damgacha mazkur bozorga doimiy xotirasi 128 gigabaytlik bo‘lgan Galaxy S10+ modeli korpusining rangiga ko‘ra uch xil – oq «perlamutr», qora «oniks» va yashil «akvamarin» variantlarda chiqqan. Uning keramik korpusli variatsiyalari esa oq va qora korpuslarda taqdim etilgan, ammo ular faqat 512 gigabayt va hatto 1 terabayt hajmli ichki xotiraga ega va o‘ta qimmat ham.

Mashhur tarmoq informatori Roland Kvandt (Roland Quandt) ma’lum qilishicha, Yevropada tez orada keramik korpusli Galaxy S10+ arzonroq versiyada – 128 gigabaytlik doimiy xotira bilan sotuvga chiqadi. Uni ham oq yoki qora korpuslarda sotib olish mumkin bo‘ladi, ammo narxi hozircha aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, Samsung’ning ayni damdagi eng zo‘r smartfoni – Galaxy S20 Ultra avtonomlik testida iPhone 11 Pro Max’ni zo‘rg‘a yenggan, lekin baribir uning o‘tgan yilgi flagmani – Galaxy S10+ g‘olib chiqqan!

O‘QING: Galaxy S20 Ultra avtonomlik testida iPhone 11 Pro Max’ni zo‘rg‘a yengdi, lekin g‘olib – bulturgi flagman!

Shu bilan birga, yetakchi smartfonsoz o‘zining Galaxy S20 Ultra 5G flagmanini ham yangi versiyada – oq korpusda taqdim etyapti. Mashhur insayder Ice Universe uning birinchi «jonli» videosini ham e’lon qildi:

Gizchina nashrining yozishicha, oq tusli Samsung Galaxy S20 Ultra 5G smartfoni Xitoyda ertaga – 1 may kuniyoq sotila boshlaydi. Ice Universe ta’kidlashicha, tez orada uni Yevropa va boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqarishadi.

Darvoqe, ayni shu Galaxy S20 Ultra flagmani DxOMark reytingida Samsung’ni sharmanda qilgan.

O‘QING: Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’larning barcha farqlarini bittada ko‘rib chiqamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!