Samsung cheklangan miqdordagi yangi Galaxy qurilmalarini chiqardi

Samsung cheklangan miqdordagi yangi Galaxy qurilmalarini chiqardi

Samsung kompaniyasi Janubiy Koreyalik moda dizayneri, Juun.J bilan hamkorlikda yangi Galaxy qurilmalari kolleksiyasini taqdim qildi. Cheklangan miqdordagi Galaxy Z Fold/Flip 4, Galaxy Buds 2 Pro va Galaxy Watch 5 seriyasi asosan qora ranglarda, biroz oq aralash dizaynda chiqarilgan bo'lib, ular har doimgidek maxsus qadoqlangan qutilarda qo'shimcha aksessuarlar bilan chiqarilgan.

갤럭시 준지(JUUN.J) 에디션

Ularning narxi quyidagicha:

  • Galaxy Z Fold4: $1,550
  • Galaxy Z Flip4: $1,040 
  • Galaxy Watch5: (40 mm): $260 
  • Galaxy Watch5: (44 mm): $280 
  • Galaxy Buds2: $230 

Afsuski, cheklangan nashrdagi qurilmalar faqat Janubiy Koreyadagi onlayn do'konlar va Galaxy Campus'larida sotuvga chiqarilgan.

O'QING: Android smartfonlari uchun "dinamik orol" ilovasi chiqarildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!