«Samsung, chetroq suril, Xiaomi, sen nariroqqa o‘t!» – Realme ham «beli baquvvat» arzon smartfon chiqaryapti

  •   DiMaX
  •  2411
  •  14.07.2020 14:55

«Samsung, chetroq suril, Xiaomi, sen nariroqqa o‘t!» – Realme ham «beli baquvvat» arzon smartfon chiqaryapti

Shu kungacha Samsung arzon smartfonlar turkumidagi Galaxy M21, Galaxy M30s hamda Galaxy M31 modellarini naq 6000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlagan. Endi navbatdagi – Galaxy M31s telefoni ham shunday «beli baquvvat» bo‘lyapti.

O‘QING: Arzon «avtonomlik monstri» – Galaxy M31s xususiyatlarini Geekbench fosh etdi

Oppo kompaniyasiga qarashli Realme subbrendining Indoneziyadagi marketing direktori Instagram orqali yangi tizerni e’lon qildi. Unga ko‘ra, yaqin orada bu brend ham 6000 mA/soatlik batareyaga ega smartfon namoyish qiladi.

Afsuski, «beli baquvvat» Realme smartfonining modeli, texnik xususiyatlari, narxi va taqdimot sanasi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Lekin baribir, yangi qurilmasi bilan u asosiy raqib – Xiaomi kompaniyasining Redmi brendidan bir pog‘ona ustunlikni namoyon etishi aniq.

Darvoqe, yaqindagina yana bir kompaniya yaqinda 7 dyuymlik ekran, stereodinamik va 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lgan yangi smartfonini atigi 130 dollardan sota boshlagan edi.

O‘QING: Galaxy M51 va Galaxy M31s arzon smartfonlari ham flagmancha xususiyatga ega bo‘lyapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!