Samsung chiqarmagan Galaxy S21+ hamda S21 Ultra allaqachon Xitoyda sotila boshladi! (+«jonli» suratlar)

  •   DiMaX
  •  2640
  •  06.01.2021 14:10

Samsung chiqarmagan Galaxy S21+ hamda S21 Ultra allaqachon Xitoyda sotila boshladi! (+«jonli» suratlar)

Janubiy koreyalik texnogigant kuni kecha 2021 yilgi birinchi Galaxy Unpacked tadbirining sanasini rasman aytdi. Unda kutiladigan asosiy mahsulotlar – Galaxy S21, Galaxy S21 Plus hamda S21 Ultra flagmanlaridir. Lekin allaqachon...

O‘QING: Galaxy S21 flagmanini Samsung naq $700 chegirma bilan taklif etyapti!

Tinib-tinchimagan xitoyliklar esa allaqachon Samsung Galaxy S21+ va Galaxy S21 Ultra modellarining klonlarini yaratib, bozorga chiqarishibdi. Ularning «jonli» rasmini taniqli insayder va dizayner Ben Geskin (Ben Geskin) e’lon qildi:

Klon-smartfonlarning tashqi ko‘rinishi Samsung flagmanlarining dizayni borasida insayderlar chiqargan ma’lumotlardagiga juda o‘xshash. Lekin ularning texnik xususiyatlariga, shuningdek narxlariga ham Ben Geskin biror aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kuni ushbu flagmanlar bilan birga Samsung Galaxy Buds Pro rusumli butkul simsiz quloqchin ham namoyish etiladi. Xitoyliklar tez orada uning ham klonini tayyorlab bozorga chiqarishsa ajabmas...

O‘QING: Barcha variantlardagi Galaxy S21, S21 Plus va S21 Ultra narxlari chiqdi: chindanam Galaxy S20’lardan arzon!