Samsung`dan 100 dollarlik planshet

Samsung`dan 100 dollarlik planshet

Samsung kompaniyasi arzon, hamyonbop, foydalanuvchilarga manzur bo‘ladigan yangi qurilma, ya’ni 8-dyuymli  plashet ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqida kompaniyaga yaqin maxsus manbalar ma’lumot tarqatgan.

Insayderlarning aniqlashicha, Samsung mutaxassislari ishchi nomi «SM-T375S» bo‘lgan yangi loyiha ustida allaqachon ish boshlagan va ma’lum bo‘ldiki, qurilma Bluetooth uchun sertifikat olgan hamda Wi-Fi uchun WiFi Alliance`ning sertifikatsiya jarayonidan o‘tgan. Taxminlarga ko‘ra, yangi qurilmaning narxi 100 AQSh dollaridan oshmaydi. Mutaxassislar brendning bunday arzon mahsuloti dunyo bo‘ylab juda xaridorgir bo‘lishini taxmin qilashayapti. Hozircha qurilmaning texnik imkoniyatlari haqida xabarlar mavjud emas.

Shuningdek, kompaniya haqida yana bir tasdiqlanmagan gap tarqadi. Mish-mishlarga qaraganda, Samsung eshitish apparatlari bozoridan chiqib ketishni rejalashtirmoqda. Kompaniya vakillari esa bu qarorning sabablari  haqida biror izoh bermagan.