Samsung`dan navbatdagi Galaxy A9 smartfonlari

Samsung`dan navbatdagi Galaxy A9 smartfonlari

Samsung kompaniyasi Galaxy turkumiga mansub ikkita yangi smartfon ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bular A9 va A9 Pro.

Samsung Galaxy A9 mazkur turkumdagi eng yirik smartfon bo‘ladi. Galaxy A9 Pro smartfonining texnik imkoniyati yana takomillashtiriladi. Bu  haqida maxsus manbalarga tayanib, Sam Mobile xabar qilgan.

Galaxy A9 Pro

Samsung Galaxy A9 Pro smartfoni qanday bo‘lishi hali noma’lum. Uni takomillashtirish ishlari davom etmoqda, deb yozadi Sam Mobile. Yangi model SM-A9100(Galaxy A9 – SM-A9000) seriya raqami ostida ishlab chiqariladi.

Ikkinchi gigant?

Yangi flagman Galaxy A9 o‘z turkumida eng yirigi bo‘lishi haqida ma’lumotlar berilgandi. Qurilma 4 000 mAs quvvatga ega kuchli batareya va 6-dyuym displey bilan ta’minlanadi.

Samsung Galaxy A9 Pro shu turkumga mansub avvalgi avlod smartfonlaridan yaxshiroq va kuchliroq bo‘lishi shubhasiz. Ammo qaysi mezonlarga ko‘ra—ana shunisi hanuz mavhumligicha qolmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.