Samsung’dan yana bir kutilmagan «salkam flagman» – Galaxy A8 Plus (2018)ning ilk suratlari!

  •   DiMaX
  •  2435
  •  28.11.2017 13:41

Samsung’dan yana bir kutilmagan «salkam flagman» – Galaxy A8 Plus (2018)ning ilk suratlari!

Internetda janubiy koreyalik smartfonsozning hali taqdim etilmagan to‘liq ekranli gadjeti – Galaxy A7 (2018) qurilmasining shaffof g‘ilofdagi suratlari paydo bo‘ldi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bu model Galaxy A8 Plus (2018) deb nomlanadi, deb yozadi GizChina.

O‘QING: Samsung saytida romsiz Galaxy A7 (2018) «qo‘lga tushdi»

Suratlarga ko‘ra, Samsung xuddi hozirgi flagmani – Galaxy S8 devaysiga o‘xshash romsiz qurilma tayyorlamoqda. Bu smartfondan «Uyga» mexanik tugmachasi olib tashlangan, barmoq izi skanerini esa orqa panelga – kameraning ostiga ko‘chirishgan. Chaynoqning ham o‘rni o‘zgargan – u endi o‘ng tomonda joylashgan.

Mazkur yangi model qanday nomlanishidan qat’i nazar, uning xususiyatlari o‘rta narx segmentiga mansub qurilmalardan yuqoriroq. Gadjetning AMOLED-ekrani diagonaliga 5.7 dyuym o‘lchamga ega, ekranning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, displey aniqligi esa 2160×1080 pikselni tashkil etadi.

O‘QING: Kutilmagan Galaxy A8 (2018): unga hatto Galaxy S8 va Note 8 egalari ham havas qilishlari tayin!

Ushbu qurilma Snapdragon 630 yoki Samsung’ning Exynos 7885 protsessori bazasida ishlashi aytilmoqda. Xotira hajmiga ko‘ra Galaxy A8 Plus (2018) ikki xil talqinda taqdim etiladi: tezkor/doimiy xotirasi 4/32 gigabaytlik hamda 6/64 gigabaytlik versiyalar.

Kamera modullarining soni masalasida janubiy koreyalik sal ziqnalik qilgan – asosiy va old kameralarning ikkalasi ham bittadan sensorga ega. Biroq ularning ikkalovi ham 16 megapikselli bo‘lishi foydalanuvchilarni quvontirishi aniq.

Bu devaysda Bluetooth 4.2 hamda NFC modullari, shuningdek zamonaviy USB Type-C porti ham bo‘ladi, demoqda manbalar. Uning operatsion tizimi sifatida Android 7.1.1 talqini tanlangan.

O‘QING: Android 8.0 Oreo'ga yangilanadigan Samsung smartfonlari bitta ro‘yxatda!