Samsung’dan yangi aksiya: “iPhone’ni topshir va Galaxy S8’ga 560 dollar chegirma beramiz!”

Samsung’dan yangi aksiya: “iPhone’ni topshir va Galaxy S8’ga 560 dollar chegirma beramiz!”

Samsung kompaniyasi 1 iyundan boshlab Rossiyada trade-in loyihasini e’lon qildi. Unga ko‘ra iPhone foydalanuvchilari o‘zlarining qadrli smartfonlarini 30 iyunga qadar brendning rasmiy do‘konlariga topshirib, chegirma asosida Galaxy S8 flagmanini sotib olish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Aksiya qoidalariga ko‘ra, agar xaridor koreyalik IT-gigantning yangi flagmanidan foydalanishga qaror qilsa, uning eski ayfoni o‘ziga qarab 560 AQSh dollarigacha baholanadi va bu narx do‘kondagi Galaxy S8, Galaxy S7 yoki Galaxy S7 edge narxidan olib tashlanadi.

Ishlab chiqaruvchining saytida yozilishicha, mazkur loyiha doirasida iPhone brendining eski va yangi, jumladan iPhone 7 Plus, iPhone 7, iPhone 6s Plus, iPhone 6s, iPhone 6 Plus va iPhone 6 modellari qabul qilinadi.

Xaridorlardan imkon qadar yaxshi holatdagi, urinib qolmagan smartfonlarni taqdim etish so‘ralmoqda.

iPhone modelidan kelib chiqib belgilangan chegirma miqdori:

iPhone 7 Plus – 560 dollar.
iPhone 7 – 475 dollar.
iPhone 6s Plus – 475 dollar.
iPhone 6s – 385 dollar.
iPhone 6 Plus – 300 dollar.
iPhone 6 – 245 dollar.

Eslatib o‘tamiz, firmaning Rossiyadagi rasmiy do‘konlarida Galaxy S8 950, Galaxy S8 Plus esa 1040 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Aksiya iyunning so‘ngiga qadar Rossiyadagi firma do‘konlarida davom etadi. Samsung bu foydalanilgan iPhone smartfonlarini nima qilishi ma’lum qilinmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.