Samsung ekranosti kamerali ilk devaysini ko‘rsatdi, lekin bu smartfon emas! (rasmiy video)

  •   DiMaX
  •  956
  •  14.01.2021 16:50

Samsung ekranosti kamerali ilk devaysini ko‘rsatdi, lekin bu smartfon emas! (rasmiy video)

CES 2021 ko‘rgazmasiga bag‘ishlab Samsung kompaniyasi chiqargan videoroliklardan birida hali chiqmagan bir smartfon ko‘rsatilgan. Old kamerasi displeyning ostiga yashirilgan bu gadjetning Galaxy Note 21 Ultra modeli ekanligi aytilmoqda.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Kompaniya endi o‘zining ekranosti kamera texnologiyasini ilk bor rasmiy videoda namoyish etdi. Lekin bunday yechim biror smartfonda emas, balki dastlab OLED-displeyli noutbukda qo‘llanar ekan. Aftidan, Samsung bu yangi texnologiyasini laptoplarda sinab ko‘rgach, keyin smartfonlarda qo‘llamoqchi.

Xullasi kalom, Samsung Display tomonidan e’lon qilingan videolavhani ko‘ramiz:

Ko‘rganingizdek, rolikda Samsung Display tayyorlayotgan yangi ekranlarning boshqa afzalliklari ham aytib o‘tilgan. Lekin, afsuski, bu yechimlar qaysi rusumlardagi noutbuklarda qo‘llanayotgani va ularning qachon namoyish etilishi borasida biror gap yo‘q.

Xabaringiz borki, Sentyabr boshida ZTE kompaniyasi «yashirin kamera»li ilk tijoriy smartfon – Axon 20 5G modelini taqdim etgan edi. Uning hali sotuvga chiqmasidanoq tarqalgan «jonli» suratlari hafsalani pir qilgan bo‘lsa-da, qurilma savdoga chiqiboq rekord o‘rnatgan. Lekin baribir...

O‘QING: «Ko‘rinmas» selfi-kamerali smartfon o‘zini oqlamadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!