Samsung ekranosti selfi kamerali smartfonlar chiqarishni keyingi yildanoq boshlaydi

Samsung ekranosti selfi kamerali smartfonlar chiqarishni keyingi yildanoq boshlaydi

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Samsung'ning ekranosti kamera texnologiyasini bozorga olib kirishga qaratilgan harakatlari bir qadar o‘z mevasini bermoqda va bunday kamera modulini ommaviy ravishda ishlab chiqarish shu oyning o‘zidanoq boshlanadi. 

Agar hammasi ko‘ngildagidek borsa, Samsung UDC (ing. under-display camera — ekranosti kamerasi) ga ega smartfoni uchun oyiga 30,000 dona kamera linzasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu yangilik Galaxy S11'ga emas, balki Galaxy Fold'ning keyingi avlod vakiliga joriy qilinishi kerak.

Biroq, aytish kerakki, kompaniya UDC borasida hali ham ma’lum texnologik muammolarga duch kelmoqda. Shaffof bo‘lishiga qaramay, OLED panel linzaga tushayotgan yorug‘likka ta’sir qilib, tasvir sifatini buzadi. 

Koreyalik texnogigant hozirda ushbu masala haqida bosh qotirmoqda. Avvalambor, OLED panel imkon qadar shaffof bo‘lishiga erishishga urinilmoqda. Shuningdek, panelning tasvir sifatiga ta’sirini kamaytirish uchun maxsus dasturiy algoritm yaratilmoqda.

Bu harakatlar amaliy natija berishiga biroz vaqt kerak, shuning uchun, selfi kameraning ekran ostiga joylashtirilishidan xursand bo‘lishga hozircha erta.

O‘QING: Samsung o‘ta radikal dizaynni patentlagan ekan

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!