Samsung elektron sanoat tarixi haqida multiplikatsion serial yaratdi (+video)

  •   DiMaX
  •  649
  •  02.08.2021 16:57

Samsung elektron sanoat tarixi haqida multiplikatsion serial yaratdi (+video)

Samsung kompaniyasi elektron sanoat tarixi haqida so‘zlovchi «The History of the Electronics Industry that Changed the World» nomli multiplikatsion serialni taqdim etdi. Bu xususda Daryo nashri xabar bermoqda.

O‘QING: YouTube mobil ilovasiga ikkita foydali funksiya qo‘shilyapti

YouTube orqali hozirda Semyuel Morze va telegrafning yaratilishiga bog‘liq birinchi qismni tomosha qilish mumkin:

Keyinroq kanalda Jon Berd va televideniye, Aleksandr Bell va telefon, Jeyms Xarrison va muzlatkich, shuningdek, Uilyam Shokli va yarim o‘tkazgichlar haqida yana to‘rtta qism paydo bo‘ladi.

Video ingliz tilida bo‘lib, subtitrlar ham shu tilda yozilgan. Serialning boshqa tillarda ham taqdim etilish yoki etilmasligi hozircha noma’lum.

O‘QING: Birinchi raqamli bloger «xayriya»dan voz kechib, YouTube’da rekord o‘rnatdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!