Samsung endi Galaxy M13'ning 5G versiyasini taqdim etadi

Samsung endi Galaxy M13'ning 5G versiyasini taqdim etadi

Samsung o‘tgan oyda Exynos 850 chipi bilan jihozlangan Galaxy M13 4G smartfonini taqdim etgan edi. Mish-mishlarga qaraganda kompaniya endi Dimensity 700 chipiga ega bo‘lgan 5G versiyasi ishlab chiqarmoqchi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma HD+ rezolyutsiyadagi 6.5 dyuymli LCD displey va 15 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Smartfonning 4/64GB va 8/128GB xotiraga ega bo‘lgan turlari bo‘ladi. Shuningdek, tezkor xotirani RAM Plus funksiyasi, doimiy xotirani esa microSD kartasi bilan 1TB gacha kengaytirish mumkin. 

Galaxy M13 5G modeli 5MP selfi, 50MP asosiy va 2MP sath kameralar bilan jihozlanadi. Uning jigarrang, ko‘k va yashil rangdagi turlari taqdim etiladi. Hozircha Samsung tomonidan smartfon haqida hech qanday rasmiy ma’lumot berilmadi. Lekin qurilma tez orada taqdim etilishi kutilmoqda. 

O‘QING: Hamyonbop Galaxy smartfoni taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!