Samsung endi Huawei’ni masxara qilishga o‘tdi: nishonda – Mate 30 flagmanlari!

  •   DiMaX
  •  3082
  •  21.09.2019 11:50

Samsung endi Huawei’ni masxara qilishga o‘tdi: nishonda – Mate 30 flagmanlari!

Turli smartfonsozlar o‘zlarining reklama kampaniyalari orqali bir-birlarining ustidan kulishlari hollariga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Janubiy koreyalik texnogigant kuni kecha yana xitoylik raqibini mayna qildi.

O‘QING: «Flagmancha» trolling: Huawei o‘z reklamasini Samsung’ning «ustiga ilib» qo‘ydi!

Huawei kompaniyasi Myunxen shahridagi maxsus tadbirida yangi flagmanlari – Mate 30 hamda Mate 30 Pro smartfonlarini taqdim etganidan xabaringiz bor. Ayni shu taqdimot bo‘lib o‘tayotgan vaqtda Samsung o‘zining Lotin Amerikasi hududidagi mijozlariga elektron maktub yo‘llagan. Unda esa quyidagi matn bo‘lgan: «Google ilovalari, xizmatlari va yangilanishlaridan rohatlaning».

Ko‘rib turganingizdek, maktub ichida yana quyidagilar bor:

  • Galaxy Note 10 modelini eng zo‘r Android-smartfon, deya e’tirof etgan 9to5Google saytidan olingan iqtibos (sitata);
  • yonma-yon turgan Samsung va Google logotiplari;
  • Galaxy Note 10 displeyida aks etgan Google ilovalari: Google, YouTube, Chrome, Gmail, Google Photo, Maps hamda Google Play Store;
  • barcha Galaxy Note 10 (sotib olishxaridorlari YouTube Premium pulli servisidan 4 oy mobaynida bepul foydalanishlari haqidagi eslatma.

O‘QING: Android 10’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishing!

O‘zingiz ham anglagan bo‘lsangiz kerak: janubiy koreyalik smartfonsoz yuqoridagi elektron maktubi bilan Huawei’ning ustidan kulyapti, zero, AQSh sanksiyalari tufayli uning Mate 30 hamda Mate 30 Pro flagmanlari Google servislaridan bebahra holda taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Huawei’ning bundan oldingi – Google servislaridan hamda Android yangilanishlaridan mahrum etilmagan turli smartfonlarini 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin. Shuningdek, mazkur onlayn magazinimizda Samsung telefonlarini atigi 705 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish imkoni ham bor.

O‘QING: Smartfon, kompyuter va boshqa elektrotexnika jihozlari importini cheklashlari mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!