Samsung endi Xiaomi bilan bellasha oladi: Galaxy M smartfonlari kutilganidan ham arzon ekan!

  •   DiMaX
  •  7502
  •  18.01.2019 16:31

Samsung endi Xiaomi bilan bellasha oladi: Galaxy M smartfonlari kutilganidan ham arzon ekan!

Janubiy koreyalik texnogigant hamyonbop Galaxy M turkumidagi smartfonlarining namoyish kunini rasman e’lon qilgan. Ularning ayrim xususiyatlari ham hozirdanoq ma’lum, narxi borasida ham ma’lumotlar chiqqan.

O‘QING: Shu oydayoq sotuvga chiqayotgan Galaxy M10, M20 va M30 narxlarini Samsung rasman e’lon qildi!

Bundan bir necha kun avval Galaxy M10, M20 va M30 smartfonlarining narxlari 142-284 dollari orasida bo‘lishi aytilgan edi. Ammo insayderlar bergan yangi xabarlarga ko‘ra, ushbu turkum devayslari undan ham arzonroqqa narxlanar ekan!

Xususan, ushbu turkumdagi «eng kichik» – Galaxy M10 modelining narxlari 112 dollardan boshlanadi, boshlang‘ich konfiguratsiyali Galaxy M20 smartfonini esa 155 dollarga olish mumkin bo‘ladi. Tag‘in, ularning texnik xususiyatlari bu narx doirasidagi ancha-muncha smartfonlardan ustun.

Shu tariqa, Samsung o‘zining Galaxy M turkumi orqali Xiaomi, Huawei va boshqa Xitoy smartfonsozlarining arzon modellari bilan raqobatga kirisha oladi.

O‘QING: Galaxy A60 – «teshik» displeyli nisbatan arzon smartfonni aprelda ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!