Samsung eng arzon 5G-smartfonini butkul yangicha dizaynda tayyorlabdi!

  •   DiMaX
  •  3192
  •  01.12.2020 11:03

Samsung eng arzon 5G-smartfonini butkul yangicha dizaynda tayyorlabdi!

Galaxy A turkumidagi zamonaviy smartfonlarni orqa panelining dizaynidan tanib olish mumkin – bosh kamera modullari tikka to‘rtburchak ichiga joylangan. Lekin, insayderlarga ko‘ra, Samsung ushbu turkumdagi yangi – Galaxy A32 5G modelini umuman o‘zgacha dizaynda ishlab chiqibdi.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A32 ilk suratlarda!

Yangi smartfonning bosh kamerasi to‘rttalik bo‘lib, ular umumiy blokka olinmagan, balki uchta moduldan har biri alohida holda korpusning orqa yuzasidan salgina bo‘rtib chiqqan. To‘rtinchi sensor esa ulardan o‘ngda, fotochaqnoq ostida joylashgan:

Aytish kerakki, shunaqa dizayn oldin LG Velvet hamda LG Q92 5G modellarida ham qo‘llangan.

O‘QING: Rossiyada eng ommabop smartfon brendi – Samsung yoki Xiaomi emas!

Galaxy A32 5G modelining old tomoni dizaynida esa biror yangilik yo‘q: old kamera ekranning tomchisimon kemtigiga joylangan.

Mazkur render suratlarni ishonchli insayder Stiv Xemmerstoffer (Steve Hemmerstoffer) tarqatgan – u Twitter tarmog‘ida OnLeaks niki bilan mashhur. Bu informatorning bir qator prognozlari to‘g‘ri chiqqanini hisobga olsak, Galaxy A32 5G borasida ham adashmayotganligi mantiqqa mos.

O‘QING: Bu mamlakatdagi o‘nta smartfondan oltitasi – iPhone. Qolganlari-chi?

OnLeaks yozishicha, Galaxy A32 5G orqa paneli plastikdan ishlangan. Smartfonning ekrani diagonaliga 6,5 dyuym keladi; korpusi esa 164,2x76,1x9,1 millimetrlik.

Suratlarda ko‘rinib turibdiki, bu smartfon USB-C porti hamda quloqchin uchun standart audiotirqish ham mavjud. Barmoq izi skaneri esa qurilmani yoqish-o‘chirish tugmachasiga o‘rnatilgan.

Galaxy A32 5G yaqin haftalar ichida taqdim etilib, Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni bo‘lishi kerak. Kompaniya hozirgacha chiqargan eng arzon shunday smartfon Galaxy A42 modeli hisoblanadi, lekin u raqobatchilarnikidan ikki karra qimmat ekan.

O‘QING: Smartfon bozoridagi daromadning 93 foizini ikkitagina kompaniya bo‘lishib oldi! (2020 yil 3-chorak)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!