Samsung eng arzon 5G-smartfonini endi 4G-versiyada ham chiqaryapti! (rasmiy suratlar)

  •   DiMaX
  •  686
  •  22.02.2021 11:43

Samsung eng arzon 5G-smartfonini endi 4G-versiyada ham chiqaryapti! (rasmiy suratlar)

Janubiy koreyalik yetakchi texnologik kompaniya shu yilning 13 yanvar kuni Galaxy A32 5G rusumli yangi telefonini taqdim etgan edi. Ushbu model beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi eng arzon Samsung qurilmasi sifatida fevralning boshidan Yevropa bozoriga chiqqan.

O‘QING: O‘n xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi One UI 3.1 proshivkasi kela boshladi!

Endi esa ushbu smartfonning yanada arzon – Samsung Galaxy A32 4G versiyasi tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Nomidan ham ko‘rinib turganidek, bu model 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi – demak, unda boshqa bir, arzonroq protsessor ishlatilmoqda.

Galaxy A32 4G haqidagi ma’lumotlarni hamda uning suratlarini qo‘lga kiritgan taniqli insayder Sudhanshu Ambxore (Sudhanshu Ambhore) ularni o‘zining Twitter-akkauntida e’lon qildi. Tarmoq informatorining ta’kidlashicha, bular – kompaniyaning tegishli marketing materiallaridan olingan rasmiy renderlardir.

Kutilayotgan yangi smartfon dizayni ham Galaxy A32 5G modeliga juda o‘xshash, lekin bir qaraganda uncha sezilmaydigan farqlari mavjud. Qurilmaning 5G-versiyasida selfi-kamera uchun displeyda tomchisimon kemtik o‘yilgan bo‘lsa, Galaxy A32 4G modelida uning kemtigi «U» shaklidadir.

Galaxy A32 5G smartfonida barmoq izi skaneri korpusning o‘ng qirrasiga joylangan o‘chirib-yoqish tugmachasiga integratsiya qilingan. Uning 4G-versiyasida esa ushbu tugmacha nisbatan kichkina – unga mazkur skanerning sig‘ishi qiyin. Shunga ko‘ra, bu modelda ekranosti taktiloskopli Super AMOLED displey qo‘llanayotgan bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, fevral)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!