Samsung eng arzon smartfoni – Galaxy M10’ni taqdimotdan avval tasodifan «sotib qo‘ydi»

  •   DiMaX
  •  3572
  •  04.01.2019 17:44

Samsung eng arzon smartfoni – Galaxy M10’ni taqdimotdan avval tasodifan «sotib qo‘ydi»

Janubiy koreyalik texnogigantning yaqin orada eng kutilayotgan mahsuloti – Galaxy S10 turkumidagi flagman smartfonlaridir. Ammo Samsung bundan boshqa ham turli yangi gadjetlarini tayyorlamoqda.

O‘QING: CES 2019’da Samsung nimalarni ko‘rsatmoqchi? (SPOYLER: bu ro‘yxatda birortayam smartfon yo‘q!)

Jumladan, Samsung korporatsiyasining eng hamyonbop smartfoni – Galaxy M10 modeli ham taqdimotga tayyor. Mazkur qurilma yaqindagina AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) ma’lumotlar bazasida SM-M105 model raqami ostida ro‘yxatdan o‘tgan edi.

Endi esa ushbu smartfon haqidagi ma’lumotlar Samsung texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatining rasmiy saytida ham aks etdi. Galaxy M10 u yerda SM-M105F/DS model raqami bilan qayd etilgan; bu esa unda ikkita SIM-karta uyachasi mavjudligidan dalolatdir.

Samsung Galaxy M10 haqidagi ushbu ma’lumot saytga tasodifan – xodimlardan birining ehtiyotsizligi tufayli chiqib ketgan. Buni sezib qolib, mazkur sahifani tezda o‘chirishgan, ammo bungacha foydalanuvchilar undan skrinshot olib ulgurishgan.

O‘QING: RASMAN: Eng arzon Galaxy M smartfoni 6 dyuymlik ekran va 3400 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.