Samsung eng qimmat flagmani narxini naq uchdan bir qismiga pasaytirdi!

  •   DiMaX
  •  7721
  •  20.01.2020 10:50

Samsung eng qimmat flagmani narxini naq uchdan bir qismiga pasaytirdi!

Galaxy S10 smartfonlar turkumini Samsung o‘tgan yilning bahorida namoyish etgan edi. Ularning eng kattasi – Galaxy S10 Plus standart variantlaridan tashqari, yana eksklyuziv tarzda, keramik korpuslarda ham chiqarilgan.

O‘QING: Samsung Galaxy S20, S20+, va S20 Ultra'larning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Keramik korpusdagi Samsung Galaxy S10+ oq va qora ranglarda, 12 gigabaytlik tezkor va naq 1 terabaytlik doimiy xotiraga ega talqinda taqdim etilgan. Xitoycha Yangi yil munosabati bilan Samsung ushbu eng qimmat flagmanini ancha arzonlashtirib sotuvga qo‘ydi.

«Osmon osti saltanati»da keramik korpusli Galaxy S10+ shu kungacha 1 603 dollarga teng narxda sotilib kelayotgan edi. Endi esa Samsung xitoyliklarga uni 1 020 dollardan taklif etyapti! Ko‘rib turganingizdek, ushbu smartfon deyarli o‘z narxining uchdan bir qismiga arzonlashgan.

Bu «saxiylik»ning sababi ham ma’lum: Samsung yaqinda ushbu turkumning yangi – Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra modellarini taqdim qiladi va bulturgi flagmanlar xaridorgirligini yo‘qotadi. Buning ustiga, hali bulardan oldin Xiaomi ham o‘zining Mi 10 turkumidagi smartfonlarini namoyish etyapti.

O‘QING: VIDEO: Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra o‘lchamini o‘zaro va boshqa flagmanlar bilan solishtiramiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!