Samsung «eng qudratli Galaxy qurilmasi»ning taqdimot kunini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1116
  •  14.04.2021 11:21

Samsung «eng qudratli Galaxy qurilmasi»ning taqdimot kunini e’lon qildi

Janubiy koreyalik yetakchi texnologik kompaniya bu yilgi uchinchi Galaxy Unpacked konferensiyasini e’lon qildi. 28 aprelda bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirda u «eng qudratli Galaxy qurilmasi»ni namoyish etmoqchi.

O‘QING: Galaxy M seriyasidagi ilk 5G-smartfon hatto Galaxy A32 modelidan ham arzon chiqadi!

Samsung bu yil yanvar oyidagi ilk Galaxy Unpacked marosimida Galaxy S21 turkumidagi flagmanlarini namoyish etgan bo‘lsa, martdagi konferensiyasi Galaxy A seriyasidagi yangi smartfonlar taqdimotiga bag‘ishlangan edi. Biroq apreldagi tadbirida kompaniya keng jamoatchilikka biror yangi smartfon ko‘rsatmaydi, deyilmoqda xabarlarda.

Insayderlarga ko‘ra, 28 apreldagi marosimda Samsung yangi noutbuk taqdim etishi mumkin. Avvalroq ushbu texnogigant yangi noutbuklar tayyorlayotgani, ular bozorga Galaxy Book Pro hamda Galaxy Book Pro 360 nomlari ostida chiqishi aytilgan. Mazkur devayslar kuchli apparat ta’minoti hamda OLED-ekranlarga ega bo‘lib, 5G texnologiyasi va S-Pen stilusini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Samsung yana yangi buklamafonlar ham tayyorlamoqda, ammo ularni yoz oylaridagina taqdim etishi mumkin.

O‘QING: 2021 yil boshida butun jahonda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!