Samsung eng xaridorgir smartfonining davomchisini allaqachon ommaviy ishlab chiqara boshladi

  •   DiMaX
  •  3564
  •  02.11.2019 14:11

Samsung eng xaridorgir smartfonining davomchisini allaqachon ommaviy ishlab chiqara boshladi

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy A50 smartfoni (sotib olish) – butun dunyoda eng yaxshi qabul qilingan modellardan biridir. Joriy yilning birinchi yarmida u eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingida kuchli uchlikdan joy olgan.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq uchinchi hafta)

Samsung hozirda ushbu modelning davomchisi bo‘lmish Galaxy A51 smartfonini tayyorlamoqda. Galaxy A50 joriy yil fevralning oxirida namoyish etilganini hisobga olsak, uning keyingi talqini ham 2020 yilning taxminan o‘sha paytlarida chiqsa kerak.

Lekin insayderlarga ko‘ra, kompaniya Galaxy A51 modelini tezroq taqdim etishga shoshilyapti. Hindistondagi zavodida allaqachon ushbu smartfonni seriyali tarzda ishlab chiqarish boshlangan, demoqda manbalar.

Avvalroq sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, afsuski, Galaxy A51 modeli o‘z «ajdod»idan ko‘ra tezkorroq bo‘lmaydi. Chunki unda qo‘llanadigan Exynos 9611 chipseti Galaxy A50 protsessori – Exynos 9610’dan aytarli farq qilmaydi.

Galaxy A51 narxi borasida hozircha ma’lumot yo‘q, lekin allaqachon savdoga chiqarilgan aksariyat Samsung telefonlarini atigi 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: 108 MP kamerali Galaxy A91 flagmani ertaroq chiqadi, bu turkumda yana to‘qqizta smartfon bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!