Samsung — yetakchi

Samsung — yetakchi

Samsung o‘z vatani Janubiy Koreyada 2019-yilning to‘rtinchi choragidagi smartfon savdolarida eng katta ulushga ega bo‘ldi.

Counterpoint'ga tayanib Korea Herald'ning xabar berishicha, o‘tgan yilning oktyabr—dekabr oylarida kompaniya mamlakat smartfon bozorining 57% iga egalik qilgan. Bu uchinchi chorakdagi ko‘rsatkichdan 14% kamroqdir.

Pasayishga qaramasdan, 10 ta eng ko‘p sotilgan smartfonlarning 7 tasi Samsung'niki bo‘lgan. Koreyada eng ommabop aqlli telefon Galaxy Note10+ 5G bo‘lgan, undan keyingi pog‘onalarni esa iPhone 11 va Galaxy Note10 5G'lar egallagan.Ikkinchi o‘rinni esa 28% lik ulushga ega Apple band qilgan. Kompaniyaning ushbu natijasiga, shubhasiz, iPhone 11 oilasining savdolari sababchi. Uchinchi o‘rinda esa 15% bilan LG turibdi.

Umuman olganda, Koreya bozori 2019-yilning uchinchi choragiga nisbatan 1.6% ga kengaygan.

O‘QING: Samsung keyingi avlod RAM'ini ommaviy ishlab chiqara boshladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!