Samsung Exynos 9820 qudratli M4 yadrosi bilan monstrga aylanmoqchi

  •   Saroy
  •  1010
  •  12.06.2018 17:19

Samsung Exynos 9820 qudratli  M4 yadrosi bilan monstrga aylanmoqchi

Samsung yangi avlod Exynos 9820 uchun flagman protsessori ustida ish boshlab yuborgan. Xitoylik insayderlarning ta’kidlashicha, bu qurilma ishlash samaradorligi bo‘yicha monstrga aylanarmish.

Exynos 9820 ga to‘rtinchi Mongoose  iteratsiyasi ishlatiladi. Bu Samsung’ning o‘z ishlanmasi bo‘lib, uzunquloq gaplarga qaraganda M4 sezilarli darjada qudratli bo‘ladi va eng yuqori energiya samaradorligiga erishadi. Kutilishicha, Koreya gigantining yangi platformasi Geekbench o‘tkazadigan  ko‘p bosqichli testda 13 000 ball olishi mumkin. Shu vaqtgacha chiqarilgan mobil platformalarining hali birortasi ham ushbu cho‘qqidan o‘ta olgani yo‘q. Hozircha faqat  Apple A12 chipiga ana shunday natijani bashorat qilishmoqda.

O‘QING: Galaxy Note 9: «jonli» surat yangi tugmachani va yana ayrim jihatlarni fosh etdi

Agar Samsung ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya olsa, yangi chip 7 -nanometrli texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqariladi, Aksincha bo‘lsa, 10-nanometrli texprotsessda qolishga to‘g‘ri keladi.

Exynos 9820 bazasida chiqadigan birinchi smartfon barmoq izlari skaneri bo‘lgan displeyli Samsung Galaxy S10 flagmani bo‘ladi. Xabarda aytilishicha, birinchilikka da’vogarlik qilaayotgan flagmanning taqdimoti 2019 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan CES xalqaro ko‘rgazmasida uyushtiriladi.

O‘QING: Nihoyat, Samsung «kambag‘albop flagman»larini taqdim etdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.