Samsung fevralda yana ikkita arzon, ammo «bag‘rikeng» smartfon taqdim etadi!

  •   DiMaX
  •  3308
  •  22.01.2020 18:05

Samsung fevralda yana ikkita arzon, ammo «bag‘rikeng» smartfon taqdim etadi!

Galaxy A51 hamda Galaxy A71 modellaridan so‘ng ushbu lineykaning navbatdagi vakillari – Galaxy A31 va Galaxy A41 qurilmalarini tayyorlamoqda. Shuningdek, kompaniyaning yanada arzon ikkita modeli haqida ma’lumotlar tarqaldi.

O‘QING: Galaxy S20, S20+, S20 Ultra hamda Galaxy Z Flip narxlari kishini lol qoldiradi!

Wi-Fi Alliance tashkilotida allaqachon yangi – Galaxy M11 hamda Galaxy A11 modellari sertifikatsiyadan o‘tdi. Bulardan birinchisi Samsung’ning arzon smartfonlar lineykasiga mansub bo‘lsa, ikkinchisi o‘rta narxli turkumning eng arzon vakili bo‘lishi kutilayotir.

Wi-Fi Alliance ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ikkala modelda ham maksimal konfiguratsiyada 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Bunday «bag‘rikenglik» esa Samsung’ning mazkur toifalardagi smartfonlarida oldin bo‘lmagan.

O‘QING: Galaxy A11, A31 va 41'lar 64GB lik bazaviy xotiraga ega bo‘ladi

Shuningdek, Galaxy M11 ham, Galaxy A11 ham qadoqdanoq eng so‘nggi – Android 10 bazasida tayyorlangan One UI 2.0 grafik qobig‘i bilan ta’minlangan.

Ushbu smartfonlar fevralda, Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari hamda Galaxy Z Flip buklamafonidan keyinroq namoyish etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung allaqachon Galaxy Note 20’larni tayyorlayapti: dizayni va farqlarini rasmlarda ko‘ramiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!