Samsung flagman chipli hamyonbop kamerofonining ulkan akkumulyatori bilan maqtandi

  •   DiMaX
  •  984
  •  12.02.2021 13:49

Samsung flagman chipli hamyonbop kamerofonining ulkan akkumulyatori bilan maqtandi

Janubiy koreyalik texnogigant kuni kecha Galaxy F62 smartfonining rasmiy taqdimot kunini Hindistondagi Flipkart onlayn do‘koni orqali e’lon qilgan edi. Samsung endi uning sig‘imdor akkumulyatoriga urg‘u berilgan posterni chiqardi, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Samsung yana to‘rtta bestseller smartfoniga Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasini tarqatyapti

Ma’lum qilinishicha, Samsung Galaxy F62 sig‘imi 7000 mA/soatga teng batareyaga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi bu qurilmaning tezkor quvvatlanish imkoniyatini hozircha tasdiqlagani yo‘q.

Avvalroq o‘rta sinfga kiruvchi ushbu smartfon flagmanlar darajasidagi bir kristalli tizim bilan jihozlangani ma’lum bo‘lgandi. Taxminlarga ko‘ra, gap Exynos 9825 mobil platformasi haqida ketmoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy F62 FHD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 6,7 dyuymli AMOLED displey, shuningdek, yon tomonida barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. Galaxy F62’ning tezkor xotirasi 8 gigabaytni, ichki xotirasi esa 128 gigabaytni tashkil etadi. Qutidan olinishi bilan smartfon Android 11 operatsion tizimida boshqariladi. Selfi uchun 32 megapikselli kamera o‘rnatilgan, asosiy kvadrokamera esa 64 megapikselni tashkil etadi.

Galaxy F62 smartfoni 340 dollar qiymatida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

O‘QING: Galaxy S21 hamda iPhone 12 benchmarkda o‘zaro «jang» qildi (video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.